19:37
15 sentyabr, yakshanba
RAM optimizatsiyasi
0%
Javob berish tezligi
0%
Kadr chastotasi
0%
Ilovalarni har qachongidan ham aqlliroq va tezroq ishga tushiring
Ilovalar ishga tushirilishini kutishdan charchadingizmi? Tizim telefodan kundalik foydalanish odatlaringizni o'rganib chiqib, siz ochadigan dasturni sizga oldindan taklif qilishi va siz uchun oldindan yuklab qo'yishi mumkin. Ilovani ishga tushirish tezligi o'rtacha 23,63% ga ko'tarilishi mumkin. 6
Ishonchli va bardoshli
Tizim keraksiz narsalarni avtomatik ravishda o'chirib tashlashi yoki telefoningiz xotirasini birlashtirishi mumkin. Telefoningizdan uzoq vaqt foydalangan bo'lsangiz ham, ushbu funksiya orqali u huddi birinchi kundagi kabi hech qanday to'xtashsiz, tezkor holda ishlaydi.
Ultra quvvat tejash rejimi
5% batareyada ham 90 daqiqagacha suhbatlashing
Ultra quvvat tejash rejimi protsessor chastotasini kattalashtirish va batareyaning ishlash muddatini tejash uchun ekran yorqinligini sozlash kabi bir qator energiya tejash strategiyalaridan foydalanadi. Ushbu rejimda foydalanuvchilar eng sevimli 6ta dasturni tanlab, ularni odatdagidek ishlash rejimida qoldirishlari mumkin.
Akkumulyatorni himoya qilish
Uyqu paytida smartfoningizni quvvatlang
Akkumulyator eskirishini sekinlashtiring. Telefon haddan tashqari ko'p quvvat olmasligi uchun, ushbu funksiya kundalik quvvatlanish rejimini o'rganadi va kechasi uyqu paytida quvvat olish tezligini nazorat qiladi. Shu bilan birga, u sizning uyg'onishingizdan oldin telefoningiz to'liq quvvatlanishini ta'minlaydi.
Maxfiylik
Faqat siz kirishingiz mumkin bo'lgan joyni yarating
Shaxsiy tizim - shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Siz o'zingizni ilovalaringizni va ma'lumotlaringizni asosiy tizimdan mustaqil bo'lgan alohida tizimda saqlab va ularga faqat siz o'rnatgan barmoq izi yoki parol orqali kirishingiz mumkin.