{{baseData.historyTitle}}

{{baseData.historyTitle}}

Online Store
OPPO A17 KV

Charm qoplamali premial dizaynSun'iy intellektga ega 50 Mp kamera
Hajmi 5000 mA/s bo'lgan kuchli batareya4 Gb’gacha kengayadigan operativ xotira
Asosiy ko’rsatkichlari
  • Charm qoplamali premial dizayn
    Charm qoplamalipremial dizayn
  • Sun'iy intellektga ega 50 Mp'li kamera
    Sun'iy intellektga ega 50 Mp kamera
  • Hajmi 5000 mA/s bo'lgan kuchli batareya
    Hajmi 5000 mA/s bo'lgankuchli batareya
  • 4 Gb'gacha kengayadigan operativ xotira
    4 Gb’gacha kengayadigan operativ xotira
Dizayn
Charm qoplamali premial dizayn¹
Sun’iy charmdan qilingan yangicha choksiz qoplama bilan unikal geometriyali dizayn va ishonch hissiga erishing. Smartfonni ushlash yanada yoqimli va kirlardan eng yaxshi himoya.
OPPO Dizayn
8.29 mm²
Approx.
189 g²
Approx.
  • OPPO Ko'k
  • OPPO Qora
  • Ko'k
  • Qora
Ishlatish tajribasi
Uzoqga yetadigan 5000 ma/s hajmli batareya
OPPO A17'da o'rnatilgan 5000 ma/s katta³ hajmli batareya kun davomida sizga hattoki bir-nechta dasturlar bilan ishlagan paytingizda ham, kamera va video birga yoqilgan vaqtida ham uzluksiz batareya yetkazib beradi. Endi batareya foizini tekshirib yurish shart emas!
Hajmi 5000 ma/s bo'lgan kuchli batareya Hajmi 5000 ma/s bo'lgan kuchli batareya
Ishlatish juda qulay
Joy bo'shatish uchun qaysi suratlarni o'chirib tashlasam bo'larkin deb bosh qotirmang, chunki joy endi barchasiga yetadi. Bundan tashqari, operativ xotirani kengaytirish texnologiyasi talab qilinadigan ilovalar uchun ishlashni optimallashtirish va kechikishni kamaytirish uchun mavjud flesh-xotirani operativ xotiraga aylantiradi.
64 Gb
Xotira
1 Tb
Qo'shimcha xotira⁴
4 Gb
4 Gb'gacha kengaytirsa bo'ladigan operativ xotira⁵
OPPO Operativ xotirasi
Ko'p ranglarni qamrab oladigan ko'z himoyasiga ega displey
OPPO A17 100% DCI-P3 rang gamutini va aqlli xiralashtirishni taklif etib, ular ko'zingizni charchatmasligi uchun tabiiy ranglar va silliq, tiniq o'tishlar bilan ta'minlangan.
Ko'p ranglarni qamrab oladigan ko'z himoyasiga ega displey
Ultra-tovush rejimi
Balandroq va aniqroq ovoz - ultra-tovush rejimi tashqi dinamika orqali media ijrosini, shuningdek qo'ng'iroqlar, budilnik va xabarnomalar tovushini samarali ravishda ikki baravarga oshiradi.
OPPO Ultra-tovush rejimi
Kamera
50 Mp'li sun'iy intellektga ega kamera
Yuqori aniqlikdagi 50 megapikselli asosiy kamera yuqori darajadagi tasvir aniqligini taqdim etadi, ya'ni u yaqindan suratga olishda ham, manzarali suratni tasvirlashda ham mukammal detalizatsiya va ravshanlikni ta'minlaydi.
  • OPPO Sun'iy intellektga ega 50 Mp'li kamera 1
  • OPPO Sun'iy intellektga ega 50 Mp'li kamera 2
  • OPPO Sun'iy intellektga ega 50 Mp'li kamera 3
OPPO Portret rejimi 1
OPPO Portret rejimi 2
Portret rejimi
Portret rejimining o'ziga xos xususiyati bu orqa fonni mukammal xiralashtirish funktsiyasi bo'lib, uning yordamida suratlar sifati SLR kamerasidan kam bo'lmaydi.
OPPO Selfie HDR On OPPO Selfie HDR Off
HDR Selfi
Hatto orqadan yoritilgan sharoitlarda ham OPPO A17 ramkaning qorong'i joylarida tafsilotlarni aniq suratga oladi va ob'ektivga yo'naltirilgan yorug'lik yoki soyalarni optimal tarzda qoplaydi.
OPPO Sun'iy Intellektga ega portret retushi
Sun'iy intellekt yordamida portretni retushlash
Sun'iy intellekt atrofdagi ranglar va teri ranglariga moslashadi. Bu bitta odamning selfisi bo‘ladimi yoki kadrda ko‘p odam bo‘ladimi, farqi yo‘q – bu funktsiya yordamida hamma haqiqatan ham chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi!
OPPO oliy sifati
Yuqori sifat nazorati
Smartfonning har bir detal sifati yuqori bo'lishi uchun biz ularning ishonchliligini va ishlash ko'rsatkichlarini tekshirishga katta mas'uliyat bilan yondashamiz!
  • 20,000
    USB port sinovi⁶
  • 28,000
    Mikro drop sinovi⁶
  • 1 metr
    Drop sinovi⁶
  • 14 kun
    Yuqori harorat va namlikka bo'lgan sinov⁶
OPPO sifati
Suvdan IPX4 himoyasi⁷
Suv va suv tomchilariga chidamliligini sinchkovlik bilan tekshirilgan OPPO A17 IPX4 standartlariga javob beradi. Shuning uchun smartfonga suv to'kilsa ham tashvishlanishinga hojat yo'q.
Suvdan IPX4 himoyasi
ColorOS
  • 5 darajali nazorat
    5 darajali nazorat
    Barcha ilova va funksiyalarda maxfiylik va sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz qattiq nazorat ositda.
  • Google Lens'da 3ta barmoq bilan tarjima qilish
    Google Lens'da 3ta barmoq bilan tarjima qiling
    100 dan ortiq tillarni qamrab oluvchi Google Lens yordamida ilova ichidagi kontentni, shuningdek, veb-sahifa va hatto skrinshotni ham osongina tarjima qila olasiz.
  • OPPO FlexDrop
    FlexDrop
    Birgina klik bilan ko'p vazifalikni yoqing. FlexDrop bilan bir vaqtning o'zida bir necha ilovalardan to'liq ekranli rejimda yoki kichkina, mini ekranli rejimda foydalansangiz bo'ladi.
Eslatmalar:
1.Ishlab chiqarishda tabiiy va sintetik teridan foydalanilmagan.
2.OPPO A17 qalinligi va og'irligi OPPO laboratoriya ma'lumotlariga asoslangan. Haqiqiy o'lchami va vazni ishlab chiqarish jarayoni va o'lchash usullariga qarab farq qilishi mumkin.
3.Standart batareya quvvati 5000 mA / soat. Minimal quvvat 4890 mA / soat.
4.Xotira MicroSD karta yordamida kengaytirilishi mumkin. MicroSD karta alohida sotib olinadi.
5.Kengaytirilgan operativ xotira funktsiyasi telefonga o'rnatilgan operativ xotiraga virtual operativ xotirani qo'shadi.Taqdim etilgan ma'lumotlar ushbu modelning laboratoriya sinovi paytida olingan; haqiqiy natijalar modelga qarab farq qilishi mumkin.
6.Ma'lumotlar OPPO laboratoriyasidan olingan. OPPO laboratoriyasi 2020-yilda CNAS tomonidan akkreditatsiya o'tgan. Berilgan ma'lumotlar laboratoriya sinovlari asosida olingan bo'lib, ular kundalik foydalanishda sifat kafolati hisoblanmaydi. Haqiqiy vaziyat dasturiy ta'minot versiyasiga, sinov muhiti sozlamalariga va maxsus versiyaga qarab biroz farq qilishi mumkin.
7.OPPO A17 laboratoriya sharoitida IPX4 sanoat standartiga javob beradi. Ho'l smartfonni quvvatlantirmang. Kafolat ichiga suv tushishi natijasida yetkazilgan zararni qoplamaydi.
8.Mahsulot rasmlari faqat ma'lumot uchun. Iltimos, real xususiyatlari bilan bilan tanishish uchun. real mahsulotga qarang. Ba'zi texnik xususiyatlar va mahsulot tavsiflari yetkazib beruvchilar yoki ishlab chiqaruvchilarning o'zgarishi kabi sabablarga ko'ra o'zgarishi mumkin. Keltirib o'tilgan ma'lumotlar OPPO tomonidan ishlab chiqilgan texnik xususiyatlarga asoslanadi va sinov ma'lumotlari laboratoriyalar va sotuvchilardan olinadi. Sinov natijalari o'tkazilayotgan dasturiy ta'minot versiyasiga, sinov muhitiga va qurilma versiyasiga qarab biroz farq qilishi mumkin.

712051950

Hotline

712051950

9:00 – 18:00 Dam olish kunisiz

Email.svg

Email orqali bog'lanish