{{baseData.historyTitle}}

{{baseData.historyTitle}}

OPPO A57s

SUPERVOOCTM texnologiyali
33Vt zaryadka
Ultra chiziqli
stereodinamika
16,66 sm'li
Keng va yorqin displey
50MP kamera
Sun'iy intellektga ega
Asosiy ko'rsatkichlar
  • OPPO SUPERVOOCTM texnologiyali 33Vt zaryadka
    SUPERVOOCTM texnologiyali 33Vt zaryadka
  • OPPO Uzoqga yetadigan 5000 mA/s hajmli batareya
    Uzoqga yetadigan 5000 ma/s hajmli batareya
  • OPPO Ultra chiziqli stereodinamika
    Ultra chiziqli stereodinamika
  • OPPO Keng va yorqin 16,66 sm'li displey
    Keng va yorqin 16,66 sm'li displey
  • OPPO OPPO Glow dizayni
    OPPO OPPO Glow dizayni
  • OPPO Sun'iy intellektga ega 50MP ikkitali kamera
    Sun'iy intellektga ega 50MP ikkitali kamera
Batareya
OPPO SUPERVOOCTM texnologiyali 33Vt zaryadka
Kun davomida hech qanday to'xtash yo'q
SUPERVOOCTM texnologiyali 33Vt zaryadka1
Ilg'or zaryadlash yechimi bilan tashvishsiz hayotdan zavqlaning. 33Vt'li SUPERVOOC™ texnologiyasi bilan batareya shunchalik tez zaryad oladiki, siz hatto telefonsiz zerikishga ham ulgurmaysiz.
Xavotir olmang, bu bezarar zaryadka
Optimallashtirilgan tungi zaryadka
Bizga ishoning - endi smartfoningiz tunda xavfsiz zaryadlanadi. Sun'iy intellektga ega tunda zaryadlash himoyasi qurilmangizni ortiqcha zaryadlash bilan bog'liq muammolardan asraydi. Ushbu texnologiya smartfonni segmentlangan quvvatlantirish imkonini berib, batareya kuyib qolish xavfini oladi va siz tinch uxlashingizga yordam beradi.
OPPO Optimallashtirilgan tungi zaryad funktsiyasi
Quvvat olish uchun ishingizdan qolmang
Uzoqga yetadigan 5000 ma/s hajmli batareya2
Smartfon quvvatini to'ldirib olish uchun endi telefondagi suhbatni tugatishni hojati yo'q. 5000 mA/s hajmli batareya 15 soatdan ortiq suhbatga yetadi va quvvatni tejash rejimi yoqilgan bo'lsa, 5% batareya 50 daqiqadan ko'proq xabar almashish uchun yetarli bo'ladi.3
OPPO Uzoqga yetadigan 5000 mA/s hajmli batareya
Multimedia
Quvonchingizni ikki karra ko'paytiring
Ultra chiziqli stereodinamika
Ikkita dinamika bilan baland tovushlarni his qiling. Gavjum sport zalda yoki gavjum avtobusda musiqangizga sho'ng'ish ketish uchun va fon shovqinlariga chalg'imaslik uchun ovoz balandligini 200% gacha ko'tarib ko'ring.
Diracning ajoyib avtomatik ovozni optimallashtirish texnologiyasi yordamida fondagi shovqinlar bostiriladi va kino,seriallarni yanada sifatli, immersiv tovushlar bilan ko'rish uchun optimal stereo tovush taqdim etiladi.
  • DIRAC3.0
  • Ultra tovush rejimi
OPPO Ultra chiziqli stero dinamika OPPO Ultra chiziqli stereodinamika
Ko'zni quvontiradigan yorqinlik
Keng ranglar gammasiga ega 16,66sm'li displey4
O'yinlar hech qachon bunchalik jozibali ko'rinmagan. Immersiv ovoz va ko'zni qamashtiradigan rangli videolardan bahramand bo'ling. Yoqimli bonus sifatida, OPPO A57s ko'z charchoqlarining oldini olish uchun yangi ko'k rangli nurni kamaytirish funktsiyasi bilan ko'proq ko'rish qulayligini ta'minlaydi.
  • 100%
    DCI-P3
  • 96%
    NTSC ranglar gammasi
  • All-Day
    Sun'iy intellektga ega ko'z himoyasi
OPPO 16,66 sm'li keng va yorqin ekran
Tezkor va kuchli
Sakkiz yadroli protsessor tezligini his eting. Sizga quvonch keltirish maqsadida ilovalar juda tez ishga tushib, har qachongidan ham tezroq va silliq ishlaydi.
  • Operativ xotira kengayishi5
    4 Gb gacha kengayadigan operativ xotira bilan yanada ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ling.Operativ xotirani kengaytirish funktsiyasi dasturlarni ishga tushirish uchun o'z resurslarini birinchi o‘ringa qo‘yadi, shuning uchun ilovalar sizga yoqadigan tarzda tezroq ochiladi, tezroq yuklanadi va silliq ishlaydi.
  • 1Tb'gacha kengayadigan qo'shimcha xotira6
    Nimani saqlash va nimani o'chirib tashlashni o'ylab boshingizni qotirmang. 1TB'gacha kengaytiriladigan ichki xotira bilan endi hamma narsani saqlab qolishingiz mumkin.
  • Sun'iy aqlga ega tizim tezkatgichi
    Sun'iy intellektga ega tizim tezlatgichi elektron pochtani tekshirishdan tortib, to oʻyin oʻynashgacha boʻlgan hamma narsa uchun ishlatiladi. Tez va ravon ishlash jarayonidan rohatlaning!
OPPO Operativ xotira+Doimiy xotira
Dizayn
Qo'lingizdagi go'zallik
Nozik dizayn va yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri smartfoningizdan bir qo'l bilan qulay foydalanish uchun ideal ishlangan. Bu smartfon siz izlagan uslub va nafislikni o'zida mujassam qiladi.
  • Yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri
  • Ultra nozik korpus 7,99 mm7
Yon tarafdagi barmoq izi skaneri
O'z uslubingizni namoyon qiling
  • OPPO Ko'k
  • OPPPO Qora
    1. OPPO Ko'k
    2. OPPPO Qora
  • Ko'k Sky Blue
    Yaltirab turadigan qoplama har soniyada go'zal kundagi osmon kabi porlaydi.
  • Qora Starry Black
    Koinotning kuchini va yulduzlar jozibasini his eting.
Foto
50MP
Sun'iy intellektga ega asosiy kamera
Boke kamerasi
tasvir chuqurligi datchigi bilan
Sun'iy aqlga ega 50 MP ikkitali kamera
Har qanday onlar uchun yetarlicha katta kamera
Sun'iy intellektga ega 50MP ikkitali kamera
50 MP kamera bilan har bir tasvir ajoyib joziba ega bo'ladi. Sizda endi faqat yuqori sifatli suratlar bo'ladi.
Yuqori sifatli tasvir
Diqqat kamera, motor!
Sun'iy aqlga ega portret retushi
Portret retushi sun'iy aql yordamida bir-ikkita o'zgarishlar kiritib, sizni qizil gilamga chiqayotgan mashhurlar kabi qilib qo'yadi.
  • Sun'iy aqlga ega portret rejim
  • Sun'iy aqlga ega portret rejim
  • Sun'iy aqlga ega portret rejim
  • Boke portret erkak kishi
  • Boke portret ayol kishi
Portret boke
Yanada mukammallashgan boke portret rejimi funktsiyasi, tasvirlaringizga ideal darajada fonni hiralashtirish va fokus effektini yetkazib beradi.
Sifat
O'ta jiddiy sinovlar
Brendning qiymati smartfon sifatini qattiq sinovdan o'tkazib, u har qanday sinovga bardosh bera olishiga asoslanadi. Tirnalishga chidamli qoplama qurilmangizni turli xil dog'lardan saqlaydi va uni ajoyib ko'rinishda saqlab qoladi.
  • 20 000
    USB portiga ulanish stress-testi
  • 500 000
    Quvvat tugmasining stress-testi
  • 150 000
    Ovozni past-baland qilish tugmasining stress-testi
  • 1 metr
    Drop testlar balandlikdan uloqtirish8
OPPO O'ta jiddiy sinovlar
Hayotni hech qanday tashvishlarsiz o'rganing
Qurilmangiz istalgan vaqtda, istalgan joyda: hovuzda yoki shamolli tog' cho'qqilarida benuqson ishlashini ta'minlash maqsadida unda IPX4 darajali suvga chidamlilk va IP5X9 darajali changga chidamlilik himoyasi bor.
  • IPX4
    Suvga chidamlilik
  • IP5X
    Changga chidamlilik
OPPO IPX4 darajali suv himoyasi
NFC
Yuqori himoyaga ega va juda tez. Endi o'zingiz bilan naqd pul va kredit kartalarni olib yurishingiz shart emas.
OPPO NFC
ColorOS 12.1
  • OPPO Maxfiylik paneli
    Maxfiylik paneli
    So'nggi 24 soat ichida shaxsiy ma'lumotlaringizga kirgan ilovalar ro'yxati bilan shaxsiy ma'lumotlaringiz o'g'irlanishidan himoyalaning.
  • OPPO Surat maxfiyligi
    Surat maxfiyligi
    Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p narsalarni oshkor qilavermang. Surat va videolarni geolokatsiyani va boshqa shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirib tashlaydigan vosita yordamida xavfsiz ravishda bo'lishing.
  • OPPO Google Lensda 3ta barmoq yordamida tarjima
    Google Lens yordamida uchta barmoq bilan tarjima
    Dunyoni yanada yaxshiroq tushunish uchun tasvir ustidan 3ta barmog'ingizni bir martta yurg'azing va turli xil tillardan tarjima qilish imkoniga ega bo'ling.
  • OPPO FlexDrop
    FlexDrop
    FlexDrop yordamida ko'p ishlaringizni qilishga ulguring. Video ko'rsangiz ham, hujjat tahrirlasangiz ham chat oynasini yopmasdan gaplashishni davom ettira vering.
Izohlar:
1.  SUPERVOOC so'z belgisi va logotiplari OPPO Mobile Telecommunications Corp., Ltd kompaniyasiga tegishli savdo belgilaridir.
2.  Standart batareya quvvati 5000 mA / soat. Minimal quvvat 4880 mA / soat.
3.  Ushbu sahifada taqdim etilgan ma'lumotlar OPPO texnik hujjatlaridan, laboratoriya sinovlari asosida va yetkazib beruvchilardan olingan. Haqiqiy natijalar sinov dasturi versiyasiga, sinov muhitiga va qurilma versiyasiga qarab biroz farq qilishi mumkin.
4.  Ekran o'lchami diagonal ravishda o'lchanadi. OPPO A57s ekranining to'rtta yumaloq burchagi to'g'ri burchakka kengaytirilsa, uning o'lchami 16,66 sm (6,56 dyuym) ni tashkil qiladi, haqiqiy o'lcham esa kichikroq bo'ladi. Ekran o'lchami turli usullari va turli o'lchov birliklarida yordamida aniqlanishidan xabardor bo'ling. (qurilma qaysi mamlakat/mintaqada sotilishiga qarab metrik va imperial usullari).
5.  Ba'zi mahsulot spetsifikatsiyalari va tavsiflari yetkazib beruvchining o'zgarishi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'zgarishi mumkin. Masalan, operativ xotira va flesh xotira miqdori mamlakat/mintaqa yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.
6.  Xotira MicroSD karta yordamida kengaytirilishi mumkin. MicroSD karta alohida sotib olinadi.
7.  Qurilma qalinligi va og'irligi OPPO laboratoriya ma'lumotlariga asoslangan. Haqiqiy o'lchami va vazni ishlab chiqarish jarayoni va o'lchash usullariga qarab farq qilishi mumkin.
8.  Berilgan ma'lumotlar laboratoriya sinovlari asosida olingan bo'lib, ular kundalik foydalanishda sifat kafolati hisoblanmaydi. Haqiqiy ma'lumotlar dasturiy ta'minot versiyasiga, sinov muhiti sozlamalariga va maxsus versiyaga qarab biroz farq qilishi mumkin.
9.  IPX4 va IP5X'ning himoya standartlariga javob berishi labaratoriya sharoitlarida tekshirilgan. Ho'l smartfonni quvvatlantirmang. Kafolat ichiga suv tushishi natijasida yetkazilgan zararni qoplamaydi.
10.  Skrinshotlar illyustrativ maqsadlarda keltirilgan va haqiqiy foydalanuvchi interfeysi ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin.
11.  OPPO Glow effektli dizayni faqat ko‘k va qora modellarda mavjud.
12.  Rasmga tushirishda atrof-muhit yorug'ligi ta'sir qiladi. Rasmga tushirish natijasi yorug'lik sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
13.  Mahsulot tasvirlari faqat ma'lumot uchun berilgan. Ba'zi spetsifikatsiyalar va mahsulot tavsiflari turli sabablarga ko'ra o'zgarishi mumkin, jumladan, yetkazib beruvchilarning o'zgarishlari. Qurilmaning texnik xususiyatlarini real vaqtda ko'rib chiqing.

712051950

Hotline

712051950

9:00 – 18:00 Dam olish kunisiz

Email.svg

Email orqali bog'lanish