Reno8 T
Portret
eksperti
100MP Asosiy kamera
Sun'iy charmdan yasalgan dizayn
48 oy qotishlarsiz ishlash kafolati
Tasvirga olish bo'yicha bir qadam oldinda
Suratingizni tahrirlab, hayotningizni go'zallashtiring
100 megapikselli kamera cheksiz ijod qilish imkoniyati bilan ta'minlaydi. Endi siz (va sizning do'stlaringiz) har bir fotosuratni cheksiz usullarda tahrirlashingiz mumkin.
Har bir voqeani so'zlab beradigan va har bir uchrashuvni
yozib oladigan guruh
fotosuratlarini yarating.
Sizning va atrofingizdagi barcha detallarni qamrab oladigan ajoyib fotosuratlar yarating.
O'zingizni guruh suratida ajratib turing
Sun'iy intellektga ega Portret Retushi
Yuqoriroq aniqlik uchun yaratilgan
Sun’iy intellekt texnologiyasi bilan ta’minlangan neyron tarmoq algoritmi yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitlarda ham benuqson portretlarni taqdim etish uchun yuzning xiralashishini kamaytiradi.
Flash Snapshot
Harakatda ham aniq kadrlar
Bizning Image Clear Engine algoritmi siz va suratning boshqa ob'yektlari doimiy harakatda bo'lganida ham, ularni osongina aniq qilib suratga olishingizni ta'minlaydi.
HDR Selfie
Yuzingizga yorug'lik noto'g'ri tushayotgan bo'lsa ham, bu haqida qayg'urmang. Chunki Selfie HDR tabiiy va bir xil yoru'glikdagi suratlar bilan ta'minlash uchun kadrlarni yoritadi va sozlaydi.
Boke Flare Portret
Portretlaringizga oynali kameradagi syomkaga o'xshash effektlarni qo'shish uchun shunchaki Bokeh Flare parametrini yoqing.
Sun'iy intellektga ega Portret Retushi
Reno8 T 393ta yuz nuqtalarini aniqlay oladi. U go’zalligingizni yanada yaxshilaydigan 8ta rejimga ega bo’lib, sizga cheksiz retush qilish imkoniyatini beradi.
40 martta kattalashtirib ko'rsatadigan mikrolinza¹ yordamida inson ko'ziga ko'rinmaydigan mikroskopik ob'yektlar va detallarni tasvirlang1. Ilgari yashiringan fotografik elementlarni endi bemalol suratga oling!
Dizayn bo'yicha bir qadam oldinda
Sun'iy charmdan yasalgan dizayn²
Tasvirlab bo'lmaydigan hislar
Smartfonning orqa tomonidagi yangi tekstura hashamatli charm buyumlardan ilhomlangan. Naqsh bo'rttirma effektini taqlid qiladi. Smartfoningizni qo'lingizga olib, misli ko'rilmagan hissiyotlardan zavqlaning!
Yuqori standartlar va jiddiy sinovlar bizga yillar davomida yangi ko'rinishini saqlab qoladigan o'ta yengil, bardoshli qoplamani yaratishga yordam berdi.
200,000
Djinsi matosiga ishqalanish sinovi³
10,000
Rezinaga ishqalanish sinovi³
5,000
Spirtga chidamlilik testlari³
Orbital chiroq
Chiroq effektlarini o'z xohishingizga qarab o'rnating
Telefonning orqa tomonida joylashgan mashhur Orbital chiroq⁴ yangi xabarlar, zaryadlanish holati va boshqalar haqida xabar berib turadi! Endi chiroq ranglarini sizning xohishingiz va kayfiyatingizga mos ravishda moslashtirsa bo'ladi.
Ranglar
Olov rang
Qalinligi 7.85mm⁵
Og'irligi 183g⁵
Qora rang
Qalinligi 7.80mm⁵
Og'irligi 180g⁵
Ko'rsatkichlar bo'yicha bir qadam oldinda
128GB+8GB & 8GB'gacha operativ xotira kengayishi
Kengroq xotira, uzoqroq ishlash muddati
Reno8 T'ning 8GB'li katta operativ xotirasi va 128GB doimiy xotirasi bilan siz hech qachon xotira yetishmovchiligidan g'am yemaysiz. Va yana, RAM kengayishi funktsiyasi ishlatilmayotgan xotirani operativ xotiraga yuborib, telefon silliq ishlashini kafolatlaydi.
48 oy qotishlarsiz ishlashi kafolatlangan⁷
Yillar o'tadi, telefoningiz esa eskirmaydi
Biz labaratoriyada 4 yil astoydil ishlatilgan smartfon ko'rsatkichlarini simulyatsiya qildik. Natijasi-chi deysizmi? 4 yildan keyin ham sizning telefoningiz yoqilishi, ishlashi va ilovalarni ochishi yangi holatidagidek silliq va tez bo'ladi.
8%
Yoqilish vaqti tezlashgani⁸
25
ilovalarni aktiv saqlaydi⁸
1.84%
48 oy ishlatilgan keyingi qarish tezligi⁸
33Vt SUPERVOOCTM & 5000 mAs Batareya
Yuqori tezlikdagi hayot
Tezkor zaryad sistemasi SUPERVOOCTM⁹ va 5000 mAs batareyadan10 bo'lgan kombinatsiya sizga xotirjamlik beradi. Vaqtingizni yashash uchun o'tkazing, telefonni zaryadlash uchun emas.
30 daqiqa
54% quvvat uchun¹¹
5 daqiqa
2 soatlik suhbat uchun¹²
Ko'z himoyasiga ega 90Gs AMOLED ekran
Ekran vaqti uzoqroq bo'lishi uchun yorqinroq ranglar
Atrofdagi sharoitga qarab sunʼiy intellekt tomonidan sozlanadigan yorugʻlik, 100% DCI-P3 yuqori rangli gamut va 90Gs yangilanish tezligiga¹³ ega ekran koʻzlaringizni og'ritmaydi va ekran vaqtidan uzoqroq rohatlanshingizni ta'minlaydi.
Amazon Prime Video HD Certification
Dual stereo karnaylar
Quloqlaringiz eshitishiga arziydigan ovoz
Dual stereo karnaylar o'yin o'ynaganda, kino va video ko'rganda balandroq ovoz taqdim etishi uchun o'rnatilgan. Telefoningizni toza va immersiv audiosidan rohatlaning!
ColorOS
Always-on Smart ekran
Endi siz telefoningiz ekranini qulfdan chiqarmasdan sevimli musiqalaringizni osongina boshqarishingiz mumkin.¹⁴
Ekran tarjimoni
Ekraningizdagi matn yoki rasmlarni bitta klik orqali 100 dan ortiq tillarga tarjima qilishingiz mumkin!
5 darajali nazorat
Ilovalar sizning joylashuvingiz, kamerangiz, bildirishnomalaringiz, mikrofoningiz va boshqa ma'lumotlarni olishiga ruhsat berish yoki bermaslikni o'zingiz hal qiling. Onlayn maxfiyligingiz va maʼlumotlaringizni qulay tarzda nazorat qiling.
Avtomatik piksellash
Skrinshotlaringizdagi maxfiy kontent va maʼlumotlarni bitta teginish orqali yashiring, bu funktsiya sizni xavfsiz va anonim saqlaydi.¹⁵
1. Kattalashtiradigan mikrolinza kamerasi ekrandagi obyekt oʻlchamining uning haqiqiy oʻlchamiga
nisbatini aks
ettiradi.
2. Sun’iy charmdan qilingan dizayn faqat olov rang smartfon versiyasi uchun mavjud.
3. Berilgan ma'lumotlar laboratoriya sinovlari asosida olingan bo'lib, ular kundalik foydalanishda sifat
kafolati hisoblanmaydi. Aktual ma'lumotlar muayyan sinov muhitiga qarab biroz farq qilishi mumkin.
4. Orbital chiroq ranglari yuqorida ko'rsatilgandan farq qilishi mumkin, iltimos haqiqiy mahsulotga
tayaning.
5. Telefon qalinligi va vazni OPPO laboratoriyalarida toʻplangan maʼlumotlarga asoslanadi. Haqiqiy
o'lcham va
vazn ishlab chiqarish jarayoni va o'lchash usuliga qarab farq qilishi mumkin.
6. Operativ xotirani kengaytirish funktsiyasi original operativ xotiraga virtual operativ xotira
qo'shadi. Bu
yerdagi surat vaqay misol uchun keltirilgan. Iltimos, haqiqiy mahsulotga tayaning.
7. "48 oy qotishlarsiz ishlashi kafolatlanadi” - bu, dasturiy ta'minot, apparat va boshqa keng qamrovli
texnologiyalarni optimallashtirish orqali OPPO Reno8 T OPPO laboratoriyasining professional sinov
muhitida 48
oy ravonlik sinovidan o'tganligini anglatadi. "Qotishlarsiz ishlaydi" mutlaqo kechikish yo'q degani
emas.
Tarmoq muhiti va shaxsiy foydalanish kabi omillar tufayli haqiqiy ishlatish tajribasi boshqacha bo'lishi
mumkin.
8. Barcha maʼlumotlar laboratoriyada muayyan sharoitda oʻtkazilgan sinovlar orqali olingan va faqat
maʼlumot
uchun keltirilgan. Haqiqiy ma'lumotlar amaldagi dastur muhiti, qurilmalar va dasturiy ta'minot
versiyalariga
qarab farq qilishi mumkin. Barcha ma'lumotlar foydalanuvchining haqiqiy foydalanishiga qarab faqrlanishi
mumkin. "Ilovalarni ishga tushirish tezligi 8% ga oshdi" degan ma'lumot oldingi avlod mahsuloti bilan
solishtirgandagi taqqoslash natijasidir.
9. SUPERVOOC soʻz belgisi va logotiplari OPPO Mobile Telecommunications Corp., Ltd kompaniyasiga
tegishli
savdo belgilaridir.
10. Batareyaning ekvivalent sig‘imi 5000 mA/s (odatiy qiymati).
11. OPPO laboratoriyalarida oʻtkazilgan sinovlar asosida. "54%" - bu, ekranda ko'rsatilgan batareya
quvvati
54% ga yetgandagi ko'rsatkichni bildiradi. Haqiqiy zaryadlash vaqti atrof-muhit yoki alohida
qurilmalardagi
farqlar (masalan, harorat o'zgarishi va batareyaning yoshi) tufayli farq qilishi mumkin.
12. "5 daqiqa zaryadlash foydalanuvchilarga 2 soat qo'ng'iroq qilish imkonini beradi", ushbu bayonot
laboratoriya sharoitidagi sinovlardan olingan. Haqiqiy natijalar sinov muhitidagi farqlar tufayli farq
qilishi
mumkin.
13. Ekran 90 Gs gacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Turli vaziyatlarda yangilanish tezligi
o'zgarishi mumkin. Iltimos, haqiqiy foydalanish sharoitiga tayaning.
14. Ekran Spotify boshqaruvlarini qo‘llab-quvvatlaydi va ular mavjud bo‘lishi bilan chiqariladi.
Batafsil
ma'lumot uchun mahalliy aloqa kompaniyalari yoki savdo xizmati vakillari bilan bog'laning.
15. Avtomatik piksellash Messenger va WhatsApp'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Avtomatik piksellash dasturiy
ta'minot
versiyalaridagi farqlar tufayli faqatgina OTA yangilanganidan keyin mavjud bo'lishi mumkin. Iltimos,
haqiqiy
vaziyatga tayaning. Qurilmadagi algoritm chat xabarlariga kira olmaydi.
16. Saytda to'liq koʻrsatilgan mahsulot xususiyatlari va interfeys mazmuni (jumladan, UI, UX, fon va
boshqalar) faqat maʼlumot uchun berilgan. Iltimos, haqiqiy mahsulotga tayaning. Batafsil ma'lumot uchun
mahalliy aloqa kompaniyalari va savdo xizmati bilan bog'laning.
17. Saytda to'liq ko'rsatilgan mahsulot rasmlari faqat maʼlumot uchun keltirilgan. Iltimos, haqiqiy
mahsulotga
tayaning.